Jahon | 08:42 / 01.08.2017
4769
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni diktator deb atadi

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda mutlaq hokimiyatni egallab olgan diktatordir. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster o‘qib bergan Tramp bayonotida shu fikrlar bor. 

"Uning (Maduro tuzumi) Milliy ta'sis majlisi uchun soxta saylovlar yo‘li bilan kechagi kundagi mutlaq hokimiyatni egallash bo‘yicha so‘nggi harakatlari bizning yarim shardagi demokratiya uchun jiddiy zarbadir. Maduro shunchaki yomon yetakchi emas, u diktator", — deya bayonotni o‘qib bergan Makmaster. 

Hujjatda, shuningdek, Venesuela hukumati mamlakat konstitutsiyasini hurmat qilish, erkin saylovlar o‘tkazish, siyosiy mahbuslarni ozod etish, venesuelaliklarning gumanitar muammolarini hal etish va qatag‘onlarga barham berishga chaqirilgan. 

Bundan tashqari, bayonotda ta'kidlanishicha, AQSh ittifoqchilari bilan birga Venesuelada inson huquqlari poymol bo‘lishi va zo‘ravonliklarning avj olishida aybdorlarni javobgarlikka tortishga harakat qiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid