Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikni faollashtiradi
2017 yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Tszin Litsyun bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar uchrashuv davomida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va kelajakdagi istiqbollari yuzasidan fikrlar almashdi.
Elchining ta'kidlashicha, O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankini muhim xalqaro moliyaviy institutlardan biri sifatida ko‘radi. U Osiyoda infratuzilma sifatini jiddiy ravishda yaxshilashi va mintaqa aholisining farovonligini oshirishga ko‘maklashishi mumkin.
Tszin Litsyunning xabar berishicha, bank O‘zbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorlikka tayyor.

Mavzuga oid
17:59 / 20.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarining xorijdagi kompaniyalar aksiyalarini sotib olishi osonlashadi
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
20:58 / 16.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
18:04 / 16.06.2026