Jahon | 12:28 / 02.08.2017
6777
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh aviatsiyasi Tramp uchun 2 ta Boeing samolyotini xarid qiladi

AQSh harbiy-havo kuchlari mamlakat prezidenti Donald Tramp uchun ikkita Boeing 747 samolyotini xarid qilishi mumkin. Ular Rossiyaning «Transaero» aviakompaniyasiga mo‘ljallangan edi, deb yozmoqda Defense One portali manbalarga asosan.

Aniqlik kiritilishicha, «Transaero» ko‘rsatilgan mashinalarga 2013 yilda buyurtma bergan, biroq rus kompaniyasi 2015 yilda bankrotga uchragani tufayli samolyotlarni xarid qila olmagan.

O‘z navbatida, «Transaero» ustidan boshqaruvni qo‘liga olgan «Aeroflot» kompaniyasi samolyotlarni 1,5 mlrd dollarga xarid qilmadi.

Nashrning ma'lum qilishicha, AQSh harbiy-havo kuchlari har bir samolyotni 390 million dollardan sotib olishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid