Jahon | 16:10 / 02.08.2017
11849
1 daqiqa o‘qiladi
Kreml Venesuelani xotirjamlikka chaqirdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Moskva Venesuelani xotirjamlik hamda qonunchilikka rioya etishga chaqirmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
U shu tariqa Kreml Venesueladagi vaziyatni qanday baholayotgani borasidagi savolga javob bergan. Ushbu mamlakatda muxolifat 3 avgust kuni ta'sis yig‘ilishiga saylovlardan so‘ng norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
«Albatta, biz hammasi rasmiy, qonunga rioya etilgan holda o‘tishining tarafdorimiz. Barchani xotirjamlik, qonunlarga itoat etishga chaqiramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Peskov.
Avvalroq Kuba Venesuelaga qarshi xalqaro amaliyot boshlangani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024