Jamiyat | 09:09 / 02.08.2017
11649
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda voyaga yetmagan shaxs tengdoshini pichoqladi

2017 yilning 29 iyun kuni taxminan soat 15:10larda voyaga yetmagan Xalilillo Akbarov Uchtepa tumani hududida voyaga yetmagan Behruz Alimov (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) bilan o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida, unga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohatini yetkazgan. Natijada B.Alimov qorin sohasi teshib kiruvchi sanchilgan-kesilgan jarohati bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid