Jahon | 11:10 / 03.08.2017
4571
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada yangi tashqi ishlar va mudofaa vazirlari tayinlandi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Taro Kononi tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari etib tayinladi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda.

Kono avval ma'muriy islohotlar bo‘yicha vazirlik rahbari vazifasini bajargan.

Shuningdek, aniqlik kiritilishicha, mamlakatning yangi mudofaa vaziri etib Itsunori Onoderu tayinlandi.

Ta'kidlanishicha, Sindzo Abe hammasi bo‘lib 19 ta yangi vazirni tayinlagan, ular orasida moliya vaziri, ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri, adliya vaziri, ta'lim, madaniyat, sport, ilm-fan vazirlari va boshqalar bor. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid