Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya TIV rahbari Turkiya-Yevropa munosabatlari tugayotganligiga ishora qildi
Foto: AFP 2017 / DPA/ Kay Nietfeld
Turkiyaning o‘lim jazosini qayta tiklashga urinishi rasmiy Anqara va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Germaniya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel “Stern” nashriga bergan intervyusida gapirib o‘tgan.
U yana bir bor Turkiyada asossiz hibsga olingan nemis fuqarosining masalasiga to‘xtalib o‘tib, mamlakatda huquq, jamoatchilik va boshqaruv sohasida xizmat qilib kelgan minglab xodimlarning ishdan bo‘shatilganini eslab o‘tdi.
"Bu yo‘nalishda harakatni davom ettirayotgan Turkiya hech qachon YeI a'zoligiga qabul qilinmasligi hammaga ayon. Takror-takror o‘lim jazosini qayta tiklashga urinish Turkiya-Yevropa munosabatlarining yakunga yaqinlashib qolganini bildiradi. Bu juda ham aniq”, - deydi Gabriel.
Bundan avval, vazir Zigmar Gabriel Turkiyada hibsga olingan huquq himoyachilarining ishi tufayli Berlin tomoni Anqaraga nisbatan yuritayotgan iqtisodiy siyosatini hamda kredit va investitsion dasturlarini qayta ko‘rib chiqishini ta'kidlab o‘tgan edi.
Mavzuga oid
09:26
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
09:51 / 06.05.2026
Turkiya o‘zining qit’alararo raketasini taqdim etdi
09:39 / 06.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi Turkiya fuqarosi Perudan O‘zbekistonga olib kelindi
07:38 / 06.05.2026