Jamiyat | 15:47 / 04.08.2017
2797
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada avtobus ishtirokidagi YTHdan so‘ng 24 kishi shifoxonaga olib ketildi

Foto: La Voz del Tajo

Ispaniyaning Valdepenyas shahrida 25 kishini olib ketayotgan avtobus to‘ntarilib ketdi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar qilmoqda.

Avtofalokat mahalliy vaqt bilan tungi soat 3:00lar atrofida yuz bergan. Avtobusda 16-57 yoshlar oralig‘idagi yo‘lovchilar bo‘lgan.

24 kishi shifoxonalarga olib ketildi. Ta'kidlanishicha, ayni damda 20 kishiga uyga javob berilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid