Muhammad Yusuf nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasining 25.07.2017 yildagi 539-son «Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Yusufning byusti o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Maktab Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey hududida ochiladi.
2017-2018 o‘quv yilida ixtisoslashtirilgan maktabning 5-8-sinflariga hamda 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. Xalq ta'limi vazirligiga o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Badiiy akademiya 2017 yil 1 sentabrgacha:
• 4-son akademik litsey binosining 1-qavatida 150 o‘rinli o‘quv binosini ixtisoslashtirilgan maktabga moslashtirish bo‘yicha ta'mirlash ishlarini amalga oshirish va uni foydalanishga topshirish;
• byustning ijodiy va texnik parametrlarini ishlab chiqish hamda uni sifatli yaratish;
• 4-son akademik litsey hududida byust o‘rnatilgan xiyobonni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rishi kerak.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Andijon viloyati mahalliy byudjyeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Xalq ta'limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab yangi maktabni o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar hamda badiiy adabiyotlar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi.
Hujjatda maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psixologik-pedagogik diagnostika bo‘yicha test sinovi o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab Davlat byudjyeti parametrlarida ta'lim sohasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida ixtisoslashtirilgan yangi maktabning ta'minoti uchun zarur mablag‘lar nazarda tutiladi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25
-
Eron va AQSh Ummonda yadroviy kelishuv bo‘yicha ilk muzokaralarni o‘tkazdi
Jahon | 21:19
-
Yakuniy energotariflar, Tahoe defitsiti va $50 milliardga yaqin zaxira - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:10
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

14:10 / 20.02.2025