Jahon | 11:29 / 05.08.2017
6095
2 daqiqa o‘qiladi

Tehronda Hasan Ruhoniyning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tadi

Foto: AP

5 avgustda Tehronda Eron Islom Respublikasining 7-prezidenti, ikkinchi muddatga saylangan Hasan Ruhoniyning lavozimiga kirishishi tantanali marosimi bo‘lib o‘tadi. Ruhoniy mamlakat parlamenti binosida qasamyod keltiradi va shu tariqa ikki kunlik inauguratsiya jarayonini yakunlaydi.

Eron rahbari va diniy yetakchisi oyatulloh Ali Hamaneiy Ruhoniyni bu lavozimga 4 avgust kuni tasdiqladi. Shu ondan boshlab uning 4 yillik prezidentlik muddatining hisob boshi boshlandi. 

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, Ruhoniy prezident qasamyodi matnini o‘qiydi va uni imzolaydi, so‘ngra qisqacha nutq so‘zlaydi. Shundan keyin u marosimga taklif qilingan xorijiy delegatsiya rahbarlari bilan uchrashadi.

Ruhoniyni shaxsan tabriklagani 100 dan ko‘proq davlatdan faxriy mehmonlar keladilar, bu Eron tarixidagi rekord natijadir. Tehronda ta'kidlanishicha, Ruhoniyning inauguratsiyasiga katta qiziqish AQShning yangi sanksiyalari ortida butun dunyoga bildiriladigan "muhim noma" hisoblanadi.

Tehronga Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Rossiya delegatsiyalari, YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati oliy vakili Federika Mogerini kelishi kutilmoqda. 

Ruhoniy o‘z ma'muriyatining yaqin 4 yilga asosiy vazifalari sifatida ichki muammolar: nochorlik, ishsizlik, korrupsiya, inflyatsiya bilan kurashishni aytgan. U shuningdek aholi barcha qatlamlarining huquqlarini amalga oshirish uchun barcha ishni qilishga va'da bergan. 68 yoshli siyosatchi bu haqda Tehrondagi Imom Homeyniy masjidida prezident lavozimiga tasdiqlanishi marosimida aytib o‘tgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid