Yuridik xizmat yosh huquqshunoslarni jalb etmoqda
Jamiyatda huquqiy islohotlarni amalga oshirish, fuqarolarning erkinligini himoya qilish haqida yillar davomida gapirib kelinmoqda. Bu borada katta natijalarga erishilganini e'tirof etish lozim. Lekin sohada ketma-ket farmon va qarorlarning qabul qilinayotgani hali jarayon davom etayotganini anglatadi. “O‘zbekiston” telekanalidagi “Muloqot vaqti” ko‘rsatuvida mana shu jarayonlar kerakli natijalarga olib kelishi uchun qanday chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani xususiy so‘z yuritildi.
Ko‘rsatuvda, “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorning asosiy, muhim jihatiga to‘xtalib, unda yuridik xizmat xodimlarining ijtimoiy himoyasi, moddiy manfaatdorligi oshirilib, ularning qonuniylikni ta'minlash borasidagi vazifalari doirasi kengaytirilgani xususida so‘z yuritildi.
Adliya vazirligi tomonidan ushbu sohaga yosh kadrlar, yuristlarni jalb qilish maqsadida Yuridik universitetda bir necha bor o‘quv seminarlari tashkil qilinib, ularda bitiruvchi talabalarga yuridik xizmat haqidagi qonunchilik yangiliklari tanishtirilgan, ularga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng qamrovli tushunchalar berilgan. Buning natijasida universitet bitiruvchi talabalari orasidan 50 nafarga yaqin bitiruvchi hozirda aynan davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmatida ishlash niyatlarini bildirishdi”, - deydi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ravshan Sharopov.
Bundan tashqari, ko‘rsatuv jarayonida ma'lum qilinishicha, hozirda ushbu yosh kadrlarni davlat orgalari va tashkilotlaridagi vakant joylarga ishga joylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:59 / 27.05.2024
O‘zbekistonda “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi
08:21 / 22.05.2023
O‘zbekistonda huquqshunoslar va hisobchilar xizmatiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshgan
17:30 / 01.04.2023
«Huquqiy davlatning muhim belgilaridan biri - Konstitutsiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi». Huquqshunoslar yangilanayotgan Konstitutsiya haqida
11:45 / 08.10.2022