Sport | 10:47 / 05.08.2017
15754
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir yaponiyalik futbolchi paydo bo‘ldi

Foto: wearefootball.com.kh

«Mash'al» klubi o‘z tarkibiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Muborakliklar ikkinchi davra oldidan 4 o‘yinchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Birinchi navbatda jamoa Yaponiyadan 27 yoshli hujumchi Muramatsu Tomoki bilan shartnoma imzolandi. Tomoki O‘zbekistonda to‘p surayotgan navbatdagi yaponiyalik futbolchi bo‘ladi.

Bundan tashqari muborakliklar «Neftchi»dan 23 yoshli yarimhimoyachi Nikita Pavlenko, «Tsementchi»dan 28 yoshda yarimhimoyachi Umidjon Matmusayev, va yana bir tajribali himoyachi Botir Qorayev bilan ham shartnoma imzolagan. 

Yangi futbolchilarning tanishtiruv marosimi jamoaning uy uchrashuvi ya'ni, 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan «Mash'al» – «Sho‘rtan» bahsi oldidan o‘tkaziladi.

Mavzuga oid