«Maş'al» klubi öz tarkibiga bir qator yangi futbolçilarni qöşib oldi. Muborakliklar ikkinçi davra oldidan 4 öyinçi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Birinçi navbatda jamoa Yaponiyadan 27 yoşli hujumçi Muramatsu Tomoki bilan şartnoma imzolandi. Tomoki Özbekistonda töp surayotgan navbatdagi yaponiyalik futbolçi böladi.

Bundan taşqari muborakliklar «Neftçi»dan 23 yoşli yarimhimoyaçi Nikita Pavlenko, «Tsementçi»dan 28 yoşda yarimhimoyaçi Umidjon Matmusayev, va yana bir tajribali himoyaçi Botir Qorayev bilan ham şartnoma imzolagan. 

Yangi futbolçilarning taniştiruv marosimi jamoaning uy uçraşuvi ya'ni, 19 avgust kuni bölib ötadigan «Maş'al» – «Şörtan» bahsi oldidan ötkaziladi.