Toşkentda ötgan ötiş bahsida Pro ligada 3-örinni egallagan «Olimpik» jamoasi Superliganing 12-jamoasi bölgan «Maş'al»ga qarşi maydonga tuşdi.
«Paxtakor» stadionida ötgan bahsda Aleksandr Xomyakov şogirdlari 57-daqiqada penaltidan gol kiritib, hisobni oçgandi. Ammo öyinning keyingi 15 daqiqasi içida Temur Kapadze murabbiyligidagi «olimpiyaçilar» birin-ketin Superliga jamoasi darvozasini işğol etişdi. 62-daqiqada Jöraqöziyev hisobni tenglaştirgan bölsa, 75 va 77-daqiqalarda Temur Mamasiddiqov dublga erişib, «Olimpik» jamoasiga sensatsion tarzda Superliga yöllanmasini taqdim etdi – 3:1.
Şu tariqa, 2021 yilgi mavsum yakunlariga köra, Superligani 3ta jamoa - «Turon», «Andijon» va «Maş'al» tark etgan bölsa, Pro ligadan «Neftçi», «Dinamo» va «Olimpik» elitaga çiqdi. Qayd etiş joiz, Kapadze murabbiyligidagi uşbu jamoa 2021 yilda taşkil etilganiga qaramay, bir yilda Superligaga yöllanma oldi.
Superliga ötiş öyini.
2 dekabr (payşanba)
«Olimpik» - «Maş'al» - 3:1
Hakam: Rahimbek Karimov
Gollar: Otabek Jöraqöziyev 62, Temur Mamasidiqov 75, 77 - Sirojiddin Qöziyev 57 penaltidan.
«Olimpik»: 12.Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 19. Doston Tursunov, 6. Bekzod Şamsiyev, 9. Temur Mamasidiqov, 44. Şahzod Toirov, 11. Otabek Jöraqöziyev (17. Jaloliddin Sodiqov, 82), 77. Davron Anvarov (10. Farrux Muxtorov, 57), 21. Muhammadaziz Ibrohimov (14. Bektemir Abdumannonov, 82), 23. Abdurauf Böriyev, 37. Alişer Odilov (18. Ruslanbek Jiyanov, 57).
«Maş'al»: 35. Dostonbek Töxtaboyev, 7. Ifeani Ifeani, 9. Oybek Nurmatov (20. Xudoyorxon Sagdullayev, 81), 11. Samuel Çigoze, 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydulloyev, 22. Sirojiddin Qöziyev, 23. Samandar Şukrullayev, 27. Muhammad Yöldoşev, 77. Ibrohim Nö'monov, 99. Jahongirbek Abdusalomov.

















