Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YouTube yosh foydalanuvchilarini tajovuzdan himoya qila olmaydi
Foto:GETTY IMAGES
YouTube kompaniyasiga ko‘ngilli ravishda xizmat qiluvchi tashkilotlar video portalning "Bolalarni himoya qilish” mexanizmi nosozligi aniqlandi. Kuzatish shuni ko‘rsatadiki, yosh bolalarni qiynab, zo‘ravonlik qilmoqchi bo‘lgan g‘alamislar ularga yetishish uchun video portaldan foydalanadi, YouTube'ning esa bundan xabari bor. Ana shunday kuzatuvlarni olib boruvchi mutaxassisning aytishicha, kompaniya yuzlab bolalarga nisbatan qilingan tajovuz va zo‘rlash haqidagi shikoyatlarga e'tiborsiz bo‘lib kelmoqda.
2016 yilning dekabr oyining o‘zida 9,000 ta shu turdagi ariza kompaniya tomon yo‘llangan bo‘lib, haligacha ko‘rib chiqilmagan. Mutaxassisning fikricha, noma'lum foydalanuvchilar o‘smirlar tomonidan chop etilgan lavhalarga nomaqbul izohlar qoldiradi va aynan shu haqda kompaniyaga e'tiroz bildirilgan. Tajriba holatida uyushtirilgan sinovda 526 ta shikoyatdan faqat 15 tasiga munosabat bildirilgan.
Garchi hayosiz yoki ochiq shahvatga undovchi lavhalar mavjud bo‘lmasa ham, uning ostida qoldirilayotgan izohlarda foydalanuvchilar yoshlarning ko‘proq ehtirosli mavzularga murojaat etishiga undaydi.
Mavzuga oid
15:27 / 22.12.2025
YouTube monetizatsiyasi. O‘zbekiston uchun cheklovlar olib tashlanishiga nimalar to‘sqinlik qilyapti?
12:30 / 30.09.2025
Vengriya Ukrainaning 12 ta yangiliklar saytini blokladi
10:29 / 30.09.2025
YouTube Trampning akkauntini bloklagani uchun millionlab pul to‘laydi
00:12 / 29.09.2025