Yamandagi janglar oqibatida yil boshidan 201 bola halok bo‘ldi
2017 yil boshidan Yamandagi qurolli to‘qnashuvlar oqibatida 201 bola halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi YUNISEFning Yamandagi vakili Meritksell Relano.
Uning aytishicha, halok bo‘lgan bolalardan 152 nafarini o‘g‘il bolalar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, davom etayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 347 bola (234 o‘g‘il bola va 113 qiz bola) nogiron bo‘lib qolgan.
4 avgustning o‘zida Sada shahriga hujum oqibatida 6 bola halok bo‘lgan.
BMTning Yamandagi gumanitar yordam koordinatori Jyeymi Makgoldrikning ma'lum qilishicha, Sada viloyatining bombardimon qilinishi oqibatida 12 fuqaro halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.
Yamanda 2014 yildan beri "Ansorulloh" shia harakati isyonchilari va hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Ali Abdulloh Saloh tarafdorlari va amaldagi prezident Abdurabbo Mansur Hodiy tomon hukumat qo‘shinlari o‘rtasida qurolli ixtilof davom etib kelmoqda. Isyonchi husiylar mamlakatning ko‘plab hududlari, jumladan poytaxt Sano ustidan nazoratni qo‘llarida ushlab turibdilar.
Mavzuga oid
12:37 / 27.07.2024
AQSh husiychilarning uchuvchisiz uchoqlari va dengiz dronlari yo‘q qilinganini bildirdi
08:30 / 21.07.2024
Isroil Yamanga zarba berdi, qurbonlar bor
23:45 / 03.05.2024
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
12:44 / 08.04.2024