O‘zbekiston | 18:51 / 07.08.2017
15843
2 daqiqa o‘qiladi

Energiya resurslarini sotishdan tushgan mablag‘lar qanday taqsimlanadi?

Respublika iste'molchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablag‘larni hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2017 yil 24 iyul). Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 29.05.2017 yildagi PF-5059-son farmoni bilan jumladan iste'molchilarga energiya resurslarini sotishdan tushgan mablag‘larning 10 foizi hisobiga shakllantiriladigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish Jamg‘armasi tashkil etilgan.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibi belgilandi.

Mazkur tartib Prezident qarorlariga muvofiq ajratiladigan, shu jumladan, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan iste'mol qilinadigan elektr energiyasi haqini to‘lashdan kelib tushadigan maqsadli mablag‘larga tatbiq etilmaydi.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni sotishdan tushgan mablag‘larni hisobvaraqlarga o‘tkazish va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bilan bog‘liq amaliyotlarni bajarish taqiqlanadi. Maxsus hisobvaraqlarga (22636) va (22634) kelib tushadigan mablag‘larga nisbatan taqiq qo‘yilmaydi va ularga qonunchilikda belgilangan pul mablag‘larini hisobdan chiqarish tartibi qo‘llanilmaydi.

Majburiy ijro byurosi yuqorida ko‘rsatilgan mablag‘larning harakati bo‘yicha:

•  tegishli hisobvaraqlari bo‘yicha bank operatsiyalarini to‘liq ko‘rib turish;
•  zarurat tug‘ilganda «O‘zbekenergo» AJ va «O‘ztransgaz» AJlardan ularning bank hisobvaraqlaridan qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ushbu xarajatlarning maqsadli yo‘naltirilganligini to‘liq ko‘rsatgan holda olish orqali monitoringni amalga oshiradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid