Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada atayin yong‘inlar keltirib chiqargan o‘t o‘chiruvchilar aniqlandi
Italiyalik huquqni muhofaza qiluvchi idoralar 15 nafar ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchidan iborat brigadani fosh etishdi. Ular o‘rmonlarda o‘zlari keyinchalik o‘chirish va buning uchun mukofot pullarini olish uchun yong‘in keltirib chiqarishgan. Bu haqda La Repubblica xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchilarning rahbari David De Vita furgonda olov qo‘yish uchun shaxsan o‘zi borgan. Shundan so‘ng u yong‘in xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘rmon yong‘ini haqida xabar bergan.
De Vita o‘t o‘chirish xizmatidan 2015 yilda ketgan, ayni damda u hibsga olindi. Uning 14 nafar hamtovog‘i hozircha erkinlikda qolmoqda. Ishdagi barcha gumonlanuvchilar firibgarlik va moddiy zarar yetkazishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, ular atayin o‘t qo‘yishda ham ayblangan.
Mavzuga oid
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026