Jahon | 14:22 / 07.08.2017
7829
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Ruminiyadagi shahar och ayiqlar “hujumiga uchradi”

Ruminiyaning Brashov shahrida qo‘ng‘ir ayiqlar shahar aholisidan oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlamoqda, deb xabar berdi «Bi-bi-si».

Ruminiyada Yevropadagi qo‘ng‘ir ayiqlarning taxminan 60 foizi yashaydi, shuning uchun ko‘chada ayiqni uchratish unchalik mushkul ish emas.

Shaharliklarning so‘zlariga ko‘ra, ayiqlar asosan tajovuzkorlik ko‘rsatmayapti va shaharga faqatgina ovqat izlab kelishmoqda.

Biroq, fuqarolar bunday qo‘shnichilikdan xursand emaslar va hukumatni muammoga tezroq yechim topishga chaqirishmoqda.

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ayiq agarda unga tegishmasa, insonga hujum qilmaydi.

Avvalroq boshi ayiq jag‘lari orasida qolgan o‘smir aql bovar qilmas tarzda omon qolgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid