AQŞning Denver şahridan şimolga tomon 77 km uzoqlikda joylaşgan Gleyser Vyu Ranç toğ lageri instruktori, 19 yoşli Dilan 9 iyulda tonggi soat 4 larda ğalati ğijirlaş ovozidan uyğonib ketib, öngidagi manzaradan dahşatga tuşadi: yirik ayiq uning boşidan tişlab, uxlaş qopçasidan çiqarib, örmonga taşib ketmoqçi bölayotgan edi.

Ösmirga tan beriş kerakki, u bunday dahşatli vaziyatda özini yöqotib qöymagan. U yirtqiçga bir neça bor zarba tuşiradi. Şovqindan yaqin orada uxlab yotgan sayyohlar uyğonib ketadilar va birgalikda ayiqni qörqitib, ortga qaytişga majbur qiladilar.

Aniqlanişiça, Dilan uyğongunigaça ayiq uni qopça bilan birga 4 metrça sudrab borgan. Ösmir zudlik bilan şifoxonaga yetkazilgan. U nafaqat muqarrar ölimdan omon qolgan, balki kiçik tirnaş va lat yeyişlargina olgan. Şifokorlar unga yordam körsatişgaç, u qöyib yuborilgan.