Jamiyat | 19:49 / 07.08.2017
6683
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Yosh oilalar va qizlar” I Respublika forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 7-12 avgust kunlarida “Xalqaro yoshlar” kuni munosabati bilan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va BMTning Aholishunoslik bo‘yicha jamg‘armasi va bir qator jamoat tashkilotlari hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostida “Yosh oilalar va qizlar” I Respublika forumi o‘tkaziladi. Ushbu forum ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbir bo‘lib respublika miqyosida ilk marotaba keng nishonlanadi.

Forumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, qizlarni yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rgatish, ularning kiyinish va muomala madaniyatini oshirish, ongi va qalbini g‘oyaviy tahdidlardan himoya qilish, bugungi ezgu islohotlarga faol munosabatini shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularni oilaviy hayotga tayyorlashdir. 

Forumning asosiy vazifalari orasida mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish; respublikaning barcha hududlaridagi, ayniqsa chekka qishloqlardagi iqtidorli qizlarni izlab topish, ularni ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targ‘ib etish ishlariga ko‘maklashish va qizlarning axloqiy, huquqiy, siyosiy va tibbiy madaniyatini shakllantirish, o‘z iqtidorini, ilmiy yoki kasbiy salohiyatini rivojlantirish maqsadida muayyan bir sohada ma'lum bir yutuqlarga erishgan qizlarning namunali faoliyatini manzilli targ‘ib etish kabilar bor.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid