Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple endi Instagram'da
Apple kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining rasmiy akkauntini ishga tushirdi. Profilda iPhone qurilmalarida olingan eng yaxshi suratlar taqdim etilmoqda.
Avvallari Instagram'da faqat reklama beruvchi sifatida ko‘zga tashlangan Apple endi o‘z mahsulotlari targ‘iboti bilan ham shug‘ullanadi. Ta'kidlash joizki, @apple profili ijtimoiy tarmoq ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan.
Apple sahifasida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalarda olingan suratlar namoyish qilinmoqda. Ba'zi suratlardan slaydshou ko‘rinishidagi videolar ishlangan. Izohlarda shuningdek mualliflarning sharhi va ularning Instagram sahifalariga havolalar berilgan.
Kompaniya sahifasida istagan follover surati chop etilishi mumkinligi ma'lum qilingan. Buning uchun ularga #ShotoniPhone xeshtegi qo‘yilsa bas.
Bugunga qadar kompaniya akkaunti 272 mingdan ziyod folloverga ega.
Mavzuga oid
09:26 / 21.04.2026
Apple’da tarixiy almashinuv: Tim Kuk ketmoqda
21:07 / 06.04.2026
Apple buklanadigan iPhone ishlab chiqarishni boshladi
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:08 / 24.03.2026