Jahon | 18:50 / 08.08.2017
14685
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Eron bilan chegarada devor qurishni boshladi

Turkiya Eron bilan chegarada devor qurishni boshladi, deb xabar bermoqda Turkiyaning Dogan agentligi.

Agentlikning ta'kidlashicha, devor eni 2 metr va balandligi 3 metr bo‘lgan ko‘plab beton bloklardan quriladi. Devorning shunday har bir qismi 7 tonna og‘irlikka ega bo‘ladi.

Turkiya hukumatining bildirishicha, devor chegara orqali kurd jangarilari va noqonuniy migrantlarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qurilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid