Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple yangi iPhone uchun patent oldi
Apple'ning yaqindagina olgan patenti orqa tomoni force-touch-interfeysli yangi sensor qurilmaga ishora qiladi. Patent «iPhone nano» nomli qurilmani ta'riflaydi. Hi-Tech shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Tashqi ko‘rinishiga qaraganda, bu - telefon interfeysiga ega, Force Touch aks aloqali va matnli operatsion tizimli an'anaviy iPod nano.

O‘tgan oyda Apple rasman iPod nano ishlab chiqarishni to‘xtatgan edi, shunday bo‘lsa-da, u «iPhone nano» ko‘rinishida "qaytishi" mumkin. Umuman olganda, bunday konsepsiya patent arizasi ilk marta topshirilgan vaqt - 2007 yilda ahamiyatli bo‘lardi, bugun esa kichik displeyli smartfonlar mashhur emas.

Apple'ga berilgan 9,727,082 raqamli patent 2007 yilning birinchi choragida topshirilgan bo‘lishiga qaramay, kuni kecha AQShning Patentlar va savdo belgilari boshqarmasi tomonidan chop etildi.
Apple taxminan 50 patent olgan bo‘lib, iPhone Nano, uyali aloqa qo‘llab-quvvatlanuvchi MacBook Pro, integratsiyalashgan sensorli displey va boshqalar shular jumlasidandir.
Mavzuga oid
22:26 / 19.02.2026
Rossiyada ishlayotgan migrantlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilishi mumkin
22:48 / 17.02.2026
Ukrainadagi mehnat migrantlari orasida o‘zbekistonliklar ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
18:48 / 10.02.2026
Rossiyada daromadi yashash minimumidan past bo‘lgan migrantlarga patent berilmaydi
20:13 / 09.02.2026