Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bombada portlagan sirtlon Keniyadagi saylovlarni qutqarib qoldi
Keniyada sirtlon ekstremistlar mamlakatdagi saylovlarni barbod qilish uchun o‘rnatgan qo‘lbola bombaning portlashiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. Lamu okrugi xavfsizlik kuchlari vakilining aytishicha, sirtlon bombani bosib olganda u portlagan. Uning aytishicha, bomba saylov komissiyasi xodimlari harakatlanadigan yo‘lda o‘rnatilgan bo‘lgan. Komissiya xodimlari ovozlarni hisob-kitob qilish uchun byulletenlarni tashishlari kerak bo‘lgan.
Keniya hukumati iyul o‘rtasida "Ash-Shabob" ekstremistik guruhi jangarilari hujumlari sababli bir nechta okrugda komendantlik soatini kiritgan.
8 avgustda Keniyada yalpi saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, amaldagi prezident Uxuru Keniata o‘zining yagona raqibi – muxolifat yetakchisi Railu Odinguni ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026
Keniyaliklarni RF urushiga yollash: ayblanuvchi qo‘lga olindi
13:51 / 20.02.2026