Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Anhor-Lokomotiv bir yoshda
8 avgust kuni Toshkentdagi "Anhor-Lokomotiv" bog‘ining ochilganiga bir yil bo‘ldi. Shu munosabat bilan bog‘ning barcha mehmonlari uchun katta bayram tashkil etildi.
Bog‘ning markazidan joylashgan amfiteatrda bolajonlar uchun turli interaktiv shoular tashkil etildi. Shuningdek, maxsus konsert dasturi ham yig‘ilganlar ko‘nglini shod etdi.
Bundan tashqari, "Anhor-Lokomotiv"da tashkil etilgan rasmlar tanlovi ham qiziqarli tarzda o‘tkazilda. Unda bolalar "Tug‘ilgan kun muborak!" mavzuida yerga suratlar chizish bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Eng yaxshi rasm egalariga qimmatbaho sovrinlar, qolgan barcha ishtirokchilarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.
"Kun" muxbirining ushbu bayramdan tayyorlagan fotoreportajini tomosha qilishingiz mumkin.
Ma'lumot o‘rnida: “Anhor-Lokomotiv” bog‘i 2016 yilning 8 avgustida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida ishga tushirilgan. Bog‘ Shayxontohur tumanining Labzak va Zulfiyaxonim ko‘chalari orasida joylashgan.
Anhor-Lokomotiv attraksionlari






“Anhor-Lokomotiv” bog‘i 2016 yilning 8 avgustida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufida ishga tushirilgan. Mazkur ko‘ngilochar bog‘ hududida hozirgi kunda 35ta attraksion xizmat qiladi.
Bog‘ning qurilish vaqtidagi suratlari






Mavzuga oid
09:10
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026