Jahon | 07:54 / 09.08.2017
11787
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy shimoli-g‘arbida yangi kuchli zilzila yuz berdi

Foto: Sinxua

Xitoy shimoli-g‘arbida yangi kuchli zilzila yuz berdi, uning kuchi 6,6 ballni tashkil qilgan. Bu haqda Sinxua  xabar bermoqda

Zilzila markazi Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi Urumchi shahridan 400 km uzoqlikda, o‘chog‘i esa 20 km chuqurlikda bo‘lgan. Zilzila yuz bergan hudud Xitoy-Qozog‘iston chegarasi yaqinida joylashgan. Hozircha vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan. 

Bundan avval Xitoyning markaziy viloyati Sichuanda 7 magnitudali zilzila yuz bergandi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgan, 164 kishi jarohat olgan.

Mavzuga oid