Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Vetnam prezidentiga hamdardlik bildirdi
Foto: Twitter/@realmadrid
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Chan Day Kuanga ushbu mamlakat shimolida yuz bergan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va vayronagarchiliklarga olib kelgan keng ko‘lamli suv toshqini munosabati bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Samimiy ta'ziyamni qabul qilishingizni hamda halok bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarimni yetkazishingizni so‘rayman, jabr ko‘rganlar tezroq sog‘ayib ketishini tilayman”, - deyiladi davlat rahbari maktubida.
Avvalroq Vetnamdagi suv toshqinlarida 26 kishi halok bo‘lgani, talafot qiymati 41 million dollarni tashkil qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:13 / 12.12.2025
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025