«Van Deyk «Liverpul»ga sovrinlar yutishga yordam berishi mumkin»
«Liverpul»ning sobiq himoyachisi Jyeymi Karrager «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari kurash olib borayotgan «Sauthempton» futbolchisi Virgil van Deyk bilan bog‘liq vaziyat xususida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shu kunlarda 26 yoshli niderlandiyalik himoyachi «Sauthempton»ga o‘zini transferga qo‘yishni so‘rab rasman murojaat qilgan.
«Keyingi 10 yil «Chelsi» uchun «Liverpul»ga qaraganda muvaffaqiyatli o‘tdi. Ular amaldagi chempionlar, Londonga o‘tish yaxshiroq variant ko‘rinadi, hozirda «Chelsi» «Liverpul»dan yaxshiroq.
Ammo men uning o‘rnida bo‘lganimda «Chelsi»ning 3 himoyachi bilan o‘yinni qanday qurishiga e'tibor qaratgan bo‘lardim. Nazarimda uning o‘rni markaziy himoyada, London jamoasida esa bu o‘rinni David Luiz band etgan. Men ulardan biri markazda emas, qanotda o‘ynay olishi mumkinligini tasavvur qila olmayman.
O‘ylaymanki, «Liverpul»ga o‘tsa van Deyk jamoaga yana sovrinlar uchun kurashishda yordam berishi mumkin bo‘ladi. Odamlar premer-liga haqida gapirishadi, ammo keyingi 10–12 yilda «Liverpul» faqat bitta sovrin oldi. Bu bilan faxrlanib bo‘lmaydi», — degan Karrager.
«Chelsi» van Deyk uchun 50 million funt taklif qilmoqda. Ammo jamoa bu futbolchisini qo‘yib yuborishni istamayapti.
Avvaliga van Deyk «Liverpul»ga o‘tishni istayotgandi, bu jamoa ham uning uchun 50 million funt to‘lashga tayyor. Ammo «Sauthempton» «Liverpul»ni klubni aylanib o‘tgan holda ko‘p muddatli shartnomaga ega futbolchi bilan muzokara o‘tkazishda ayblab chiqdi va shundan keyin ushbu transfer jarayoni to‘xtab qoldi.
Futbolchining o‘zi klubdan ketishni qattiq istamoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022