Fan-texnika | 17:03 / 09.08.2017
7097
2 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen eski mashinalarni yangisiga almashtirganlarga 5000 yevro to‘laydi

Foto: Depositphotos

Volkswagen konserni yangi Golf xarid qilgan Yevro-4 toifali barcha dizel avtomobillari egalariga eski mashina evaziga 5000 yevro bonus taklif qilmoqda. Bu haqida Bild xabar berdi. 

Nashrda ma'lum qilinishicha, to‘lovlar soliq to‘lovchilarning pullarini jalb qilmagan holda, faqat konsern mablag‘laridan amalga oshiriladi. 

Shuningdek Audi, Porsche va Skoda'da ham shunday aksiyalar bo‘lishi kutilmoqda. 

Bundan tashqari, germaniyaliklar elektromobil hamda gibrid dvigatelli va gazda ishlovchi avtomobillardan birini xarid qilgan taqdirda 1000-2380 yevro hajmidagi qo‘shimcha imtiyozlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

GFR Transport va raqamli infratuzilma vazirining ta'kidlashicha, hukumat eski namunadagi dizel dvigatellarida ishlovchi avtomobillarni asta-sekin muomaladan chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. 

2 avgust kuni Germaniyaning Volkswagen AG, Daimler AG va  BMW AG konsernlari 5 million dizel mashina chaqiruvi haqida e'lon qildi. Bu qaror zararli chiqindilar hajmini kamaytirish yo‘lida amalga oshirish maqsadida qabul qilingan. 

Mavzuga oid