Sobiqlar qaytishi davom etdi. Kamolov yana Buxoro hokimi
Buxoro shahrini 1997-2011 yillar davomida boshqargan Karim Jamolovich Kamolov shahar hokimligiga qaytarildi. Buxoro shahri hokimligidagi manba bu ma'lumotni «Kun» nashriga tasdiqlagan.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 10 avgust kuni xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Sessiyada viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev so‘zga chiqqan.
Sessiya davomida shu yilning yanvarida Buxoro shahriga hokimlik etib tayinlangan Ixtiyor Farmonov vazifasidan ozod qilingan.
Farmonov o‘rniga avvalroq 14 yil davomida shaharni boshqargan Karim Kamolov Buxoro shahri hokimi etib tayinlangan. Kamolov 2011 yilda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qarori bilan lavozimidan ozod qilingan, uning o‘rniga Qiyomiddin Rustamov shahar hokimligiga tayinlangandi. Ko‘p vaqt o‘tmasdan Qiyomiddin Rustamov sog‘ligi tufayli lavozimni tark etadi va uning o‘rnini Hayit Komilov egallaydi. Lekin u 3 oydan keyin avvalgi ishidagi jinoyatlari uchun hibsga olinadi. Uning o‘rniga tayinlangan Valijon O‘rinov esa 2012 yil sentabridan 2017 yil yanvariga qadar lavozimda bo‘ladi.
Ixtiyor Farmonovning qisqa muddatda lavozimini tark etishi sababi keltirilmagan.
Mavzuga oid
11:45 / 26.11.2024
Xitoy Buxoroda oqova suvlarni qayta ishlash loyihasini amalga oshirmoqchi
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024