O‘zbekiston | 17:58 / 10.08.2017
9698
2 daqiqa o‘qiladi

Viloyatlarda teri-tanosil dispanserlari quriladi

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 563-son qarori bilan  2017-2021 yillarda dermatovenerologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi ma'qullandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Uning asosiy yo‘nalishlari:

•  dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
•  dermatovenerologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilish va barvaqt aniqlash chora-tadbirlarini takomillashtirish;
•  aholining dermatovenerologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali uslublaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash;
•  kadrlar salohiyatini mustahkamlash, dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
•  dermatovenerologiya xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Dastur doirasida Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo teri-tanosil dispanserlari hamda Shahrisabz viloyat teri-tanosil kasalxonasining qurilishi ko‘zda tutilgan. Yana 11 ta shunday obektlar rekonstruksiya qilinadi va 1 tasi kapital ta'mirlanadi.

Dasturni moliyalashtirishning umumiy hajmi – 57,6 mlrd so‘m va 6 mln AQSh dollari.

Shu bilan birga kelgusi yilda quyidagilar tashkil etiladi:

1 – viloyat markazlaridan uzoqda joylashgan aholini to‘liq qamrab olishni hisobga olgan holda Bekobod shahri, Denov, To‘rtko‘l va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida tumanlararo teri-tanosil kasalliklari dispanseri.

2 – Respublika ixtisoslashtirilgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidagi dermatovenerologiya va tibbiy kosmetologiya eksperimental ilmiy laboratoriyasi.

U mazkur sohada zamonaviy ilmiy yutuqlarni rivojlantirish va tatbiq etish, epidemiologik holat monitoringi hamda dermatologik kasalliklar va ularning asoratlarini profilaktika qilishning samarali dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha muvofiqlashtirish-uslubiy ishlar bilan shug‘ullanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid