Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda spinnerlar xavfli ekanligidan ogohlantirishdi
Foto:RIA Novosti / Vladimir Astapkovich
AQShning iste'molchilar mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiyasi spinner bilan o‘ynash xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Tegishli bayonot komissiya saytida chop etildi.
Ta'kidlanishicha, o‘yinchoq bildiradigan xavf shundan iboratki, plastik va metall spinnerlar buzilishi va mayda qismlarga bo‘linishi mumkin.
Komissiya oxirgi vaqt urf bo‘lgan bu o‘yinchoqlarni kichik yoshli bolalarga bermaslikni va ular o‘yinchoqni og‘izlariga tiqib olmasliklari ortidan kuzatishni tavsiya qildi.
Shuningdek, ta'kidlanishicha. batareykalarda ishlovchi spinnerlar alangalanishi mumkin. Shu sababli o‘yinchoqni quvvatlashda uning to‘plamiga kiruvchi quvvatlash qurilmasidan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
09:51
Kuba rahbari Trampning “kelishuv” bo‘yicha chaqirig‘ini keskin rad etdi
09:18
Tramp: Eron rahbarlari muzokara olib borishni istayapti
07:34
“Kondor”dan Venesuelagacha: AQSh–Janubiy Amerika munosabatlari tarixi
23:50 / 11.01.2026