Tramp: Rossiya menga qarshi kurashga anchagina pul sarflagan
AQSh prezidenti Donald Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida Rossiya bilan til biriktirmagani haqida navbatdagi marta aytib o‘tdi va Rossiya unga qarshi kurashga “anchagina pul” sarflaganini qo‘shimcha qildi, deb xabar bermoqda Fox News telekanali.
“Biz va Rossiya o‘rtasida maxfiy kelishuv bo‘lmagan. Aslida aksi bo‘lgan. Rossiya menga qarshi kurashga anchagina pul sarflagan”, deb aytdi Tramp.
Trampning aytishicha, Moskvaga «AQSh yangi ma'muriyatining o‘z armiyasini kuchaytirishga urinishlari yoqmaydi”.
Avvalroq Tramp uning saylovoldi shtabining Rossiya bilan ehtimoliy aloqalarini tergov qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerni o‘z lavozimidan bo‘shatish haqida umuman o‘ylamaganini aytgandi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024