Jahon | 12:00 / 12.08.2017
5552
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya havo mudofaasi majmualarini joylashtirishni yakunladi

Yaponiya to‘rtta janubi-g‘arbiy prefektura Simane, Xirosima, Exime va Koti hududida Patriot PAC-3 havo mudofaasi majmualarini joylashtirishni yakunladi, deb xabar bermoqda NHK telekanali.

Ta'kidlanishicha, Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari Yapon dengizga Aegis kuzatuv va qaratish tizimi bilan jihozlangan kemalarni ham yo‘llagan.

Shu bilan birga, telekanalning qayd etishicha, havo mudofaasi majmualari KXDR raketalari parvozi trayektoriyasini aniqlash maqsadida o‘rnatilgan. Majmualardan biri, dastlabki ma'lumotlarga qaraganda, raketalar uchib o‘tadigan joyda o‘rnatilgan.

Yapon tomonining bu harakatlari – Pxenyanning Guam oroliga qarata raketa uchirish haqidagi bayonotlariga javoban amalga oshirildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, raketalar avval Yaponiya havo hududidan uchib o‘tadi.

«Biz aholimiz sog‘lig‘i va ularning mol-mulkini himoya qilish uchun kerakli barcha ishni amalga oshiramiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid