«Bu APL, bolakay!» Dastlabki uchrashuvda 7ta gol kiritildi (Video)
Angliya premer-ligasining 2017/2018 yilgi mavsumini boshlab bergan «Arsenal» va «Lester» jamolari uchrashuvi gollarga boy tarzda o‘tdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq «Arsenal» yangi futbolchisi Aleksandr Lyakazett hisobni ochgan bo‘lsa, uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Shinji Okazaki hisobni tenglashtirgandi. Keyin Vardi mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Deni Uelbek farqni yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi bo‘limda Vardining dubli evaziga «Lester» hisobda yana oldinga chiqib olgandi. Biroq so‘nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga chiqarilgan Venger shogirdlari Aaron Remzi va Olive Jiru tomonidan kiritilgan gollar «Arsenal»ga g‘alaba keltirdi va jamoa yangi mavsumda ilk uch ochkosini qo‘lga kiritdi.
Angliya premer-ligasi, 1-tur
Arsenal – Lester 4:3 (2:2)
Gollar: Lyakazett (2), Uelbek (45), Remzi (83), Jiru (85) – Okazaki (5), Vardi (29, 56).
Arsenal: Chex, Monreal, Kolashinats, Belerin, Xolding (Jiru, 67), Oksleyd-Chemberlen, En-Nenni (Remzi, 67), Chaka, O‘zil, Uelbek (Uolkott, 75), Lyakazett.
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Marez, Ndidi, Jyeyms (Iheanacho, 82), Olbrayton (Grey, 88), Okazaki (Amarti, 72), Vardi.Z
Ogohlantirish: Morgan (90+4)
Mavzuga oid
12:18 / 20.10.2024
«Arsenal» kutilmaganda yutqazdi, «Real»ga Mbappening shedevri va Modrichning dahosi yordam berdi. Kun o‘yinlari
11:06 / 06.10.2024
«Real»da qo‘rqinchli jarohat, Angliyada peshqadamlarning muammolari. Kun o‘yinlari
12:23 / 02.10.2024
«Arsenal» «PSJ»ga imkon qoldirmadi, «Barsa» va «Siti» istagancha gol urdi. YeChLda kun o‘yinlari
12:13 / 29.09.2024