Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainaga qaytsa, pasporti olib qo‘yilishiga va'da berildi
Ukraina davlat chegara xizmatida Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Ukrainaga qaytsa, u bilan nima qilishlari aytildi. Xizmat rahbari yordamchisi Oleg Slobodyanning aytishicha, avvalroq fuqarolikdan mahrum qilingan Saakashvili Ukraina hududiga kirishga urinsa, unda chegara xizmati xodimlari undan Ukraina pasportini olib qo‘yishadi, chunki bu hujjat endilikda qonuniy kuchga ega emas.
“Agar pasporti amal qilmaydigan fuqaro Ukraina chegarasida paydo bo‘lsa, qonunga ko‘ra biz undan bu pasportni olib qo‘yishimiz kerak va tegishli ravishda, bu fuqaro Ukraina hududiga kiritilmaydi”, deb aytgan Slobodyan Ukraina OAVga.
Iyul oxirida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko o‘z farmoni bilan Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi. Biroq Saakashvili o‘zini «ukrainalik deb his qilishi” sababli baribir Ukrainaga qaytishini aytgan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21 / 02.07.2026
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026