Jahon | 15:02 / 12.08.2017
6237
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada terakt, 25 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Dera viloyatida “Islom armiyasi” guruhining mashg‘ulot lagerida yuz bergan terakt natijasida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq inson jarohatlandi. Bu haqda «Anadolu» agentligi mahalliy faol Abu Al-Musonna Al-Xolidiyga asosan xabar bergan.

«Xudkush terrorchi lager yotoqxonasida portlovchi qurilmani ishga keltirgan. Fikrimizcha, terakt ortida IShID turibdi», - degan Al-Xolidiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mashg‘ulot lageriga faqatgina guruh a'zolari kirishi mumkin.

«Aftidan, xudkush lager hududiga oshib kirib, o‘zini xuddi guruh a'zosi sifatida tutib, yotoqxonaga kirib borgan», - degan faol.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid