«Ash-Shabab»ning sobiq rahbari Somali hukumati tomonga o‘tdi
«Ash-Shabab» radikal islom guruhining sobiq rahbari Muxtor Robou Abu Mansur Somali hukumati tomonga o‘tdi. Bu haqida harbiy amaldor bergan ma'lumotga asoslanib, Reuters agentligi xabar qildi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, ikki oy avval AQSh uning qo‘lga olinishi uchun va'da qilgan 5 million dollar mukofot pulini bekor qilgandi.
"Robou va uning yetti soqchisi hozirda mahalliy amaldorlar bilan Xuddur shahrida. U tez orada Mogadishoga parvoz qiladi", - deya ta'kidladi Nur Muhammad.
Ochiq manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, Abu Mansur "Robou" nomi bilan mashhur. Avval u «Ash-Shabab»ning rahbari va rasmiy vakili bo‘lgan.
2012 yilda «Ash-Shabab» guruhi «Al-Qoida» terrorchi tashkiloti bilan birlashgan.
Mavzuga oid
09:20 / 05.08.2024
Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
14:24 / 10.06.2024
Hukumatning atrof-muhitni muhofaza qilishga oid vazifalari belgilanmoqda
21:26 / 14.05.2024
Rossiyada yangi hukumat tarkibi Davlat Dumasi tomonidan tasdiqlandi
21:43 / 21.03.2024