Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyadagi festivalda darg‘azab buqalar ikki kishiga shikast yetkazdi (video)
Ispaniyaning Kalpe munitsipalitetida an'anaviy festival vaqtida ikki kishi buqalar tomondan yaralandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ushbu holat olingan videoda buqalarni tomosha qilgani kelgan odamlarni hatto panjaralar ham qutqara olmaganini ko‘rish mumkin. Buqalardan biri panjara ortida turgan tomoshabinlardan biriga tashlanib, uni shoxlari bilan tepaga-pastga itqita boshlagan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Boshqa bir buqa o‘rtaga qo‘yilgan platformaga sakrab chiqib, bir tomoshabinni suza ketgan. Shundan keyin erkak yerga yiqilgan, buqa esa uni suzgancha sal qolsa oyoqlari bilan toptab tashlay degan. Ikkinchi jabrlanuvchi ham shifoxonaga yetkazilgan.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026