O‘zbekiston | 11:55 / 14.08.2017
11807
2 daqiqa o‘qiladi

Formali kiyim-boshni ilmiy laboratoriya loyihalashtiradi

Vazirlar Mahkamasining 2.08.2017 yildagi 575-son qarori bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tuzilmasida Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bo‘yicha ilmiy laboratoriya faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari tasdiqlandi.

Ilmiy laboratoriya ilmiy xodimlarining lavozim maoshlari byudjyet mablag‘lari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi. Ularning mehnatiga haq to‘lashning aniq miqdori bir oy muddatda tasdiqlanadi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan:

•  Ilmiy laboratoriyaning ilmiy xodimlari va mutaxassislarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish tartibi (Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishgan holda);
•  Ilmiy laboratoriya tomonidan formali kiyim-boshlarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi belgilanadi.

Ilmiy laboratoriya Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi, 5-uy manzili bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti binosida joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid