«Real» bir kishi kam bo‘lib, safarda «Barselona»ni yengdi
Ispaniya Superkubogi uchun "Barselona" hamda "Real Madrid" o‘rtasidagi ilk uchrashuv nihoyasiga yetdi. Nou Kamp stadionida kechgan o‘yin madridliklarning 1:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yindagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda kiritildi. Ikkinchi bo‘limning 5-daqiqasida Pike o‘z darvozasiga to‘p kiritib hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqada Messi penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu 80-daqiqada madridliklarni oldinga olib chiqdi, biroq oradan ikki daqiqa o‘tgach, hakam tomonidan simulyatsiya ishlatganlikda ayblanib, qizil kartochka bilan jazolandi.
O‘yindagi so‘nggi gol Asensio tomonidan 90-daqiqada kiritildi.
Javob o‘yini 16 avgustdan 17 avgustga o‘tar kechasi "Santyago Bernabeu" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Barselona – Real Madrid 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).
Chetlatish: Ronaldu (82).
Mavzuga oid
13:56 / 21.10.2024
Gvardiolada to‘purar himoyachilar, «Barsa» raqiblarga dahshat solmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
12:13 / 29.09.2024
«Palmer»da poker, «Barsa» 4 ta gol o‘tkazdi. Yevropada kun o‘yinlari
11:33 / 27.09.2024