Ispaniya Superkubogi uçun "Barselona" hamda "Real Madrid" örtasidagi ilk uçraşuv nihoyasiga yetdi. Nou Kamp stadionida keçgan öyin madridliklarning 1:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. 

Öyindagi barça gollar ikkinçi bölimda kiritildi. Ikkinçi bölimning 5-daqiqasida Pike öz darvozasiga töp kiritib hisobni oçgan bölsa, 77-daqiqada Messi penaltini aniq amalga oşirib, oradagi farqni yöqqa çiqardi. 

Zaxiradan maydonga tuşgan Ronaldu 80-daqiqada madridliklarni oldinga olib çiqdi, biroq oradan ikki daqiqa ötgaç, hakam tomonidan simulyatsiya işlatganlikda ayblanib, qizil kartoçka bilan jazolandi. 

Öyindagi sönggi gol Asensio tomonidan 90-daqiqada kiritildi. 

Javob öyini 16 avgustdan 17 avgustga ötar keçasi "Santyago Bernabeu" öyingohida bölib ötadi. 

Barselona – Real Madrid 1:3 (0:0, 1:3)
Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleiş Vidal, Rakitiç (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovaçiç (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).
Ogohlantirişlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).
Çetlatiş: Ronaldu (82).