Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zidan o‘ziga xos rekord o‘rnatdi
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «qaymoqranglilarning» «Barselona» bilan «Kamp Nou»da kechgan ilk uch uchrashuvning birontasida mag‘lubiyatga uchramagan ilk ustoziga aylandi.
«Real» 2015/16 yilgi mavsumda «Kamp Nou»da Ispaniya chempionati doirasida 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘tgan mavsumda «qaymoqranglilar» Primera doirasida ko‘k-anorranglilar bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etgan. Yangi mavsumning ilk o‘yinida esa madridliklar Ispaniya superkubogi uchun dastlabki bahsda mehmonda 3:1 hisobida ustun keldi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» va «Real» 2017/18 yilgi mavsumning 36-turida «Kamp Nou»da o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv 2018 yilning 6 may kuniga rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026