Jahon | 14:27 / 15.08.2017
13499
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Mo‘sul yaqinidagi IShID nazoratida bo‘lgan shaharni bombardimon qilishni boshladi

Iroq IShID terrorchilik guruhi nazorati ostida bo‘lgan Tall-Afor shahrini bombardimon qilishni boshladi. Bu haqda Reuters Al Sumaria telekanaliga asosan xabar qilmoqda.

Iroq mudofaa vazirligi vakilining telekanalga xabar berishicha, shaharda yer usti amaliyoti bombardimon tugashi bilan boshlanadi.

Tall-Afor Mo‘suldan 80 kilometr g‘arbda joylashgan. Ta'kidlanishicha, u Iroq armiyasining mamlakatni IShID jangarilaridan ozod etish bo‘yicha amaliyotida navbatdagi nishonga aylandi.

Avvalroq Rossiya Iroqqa T-90 tanklarini yetkazib berishni boshlashi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid