Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hovlilar, uylar, ko‘chalardan fuqarolar yig‘iniga vakil etib kim yuboriladi?
Vazirlar Mahkamasining 31.07.2017 yildagi 561-son «Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Yangi hujjatga ko‘ra, fuqarolar vakili — bu fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyalar tomonidan belgilangan vakillik normasi asosida fuqarolar yig‘ini hududidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisining umumiy yig‘ilishlarida saylangan va ular nomidan fuqarolar yig‘inida faoliyat olib boradigan hamda manfaatlarini ifodalaydigan O‘zbekiston fuqarosi.
Fuqarolar yig‘inlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o‘tkazish uchun tuzilgan ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil qilish va o‘tkazish uchun mas'ul hisoblanadi.
Ishchi guruh fuqarolar vakillarining saylovini tashkil etish va o‘tkazishda tegishli hududdagi fuqarolar yig‘ini kengashi bilan o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib boradi, fuqarolar yig‘inidagi hovlilar, uylar, ko‘chalar aholisi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish joyi, kuni va vaqtini belgilaydi hamda uni o‘tkazishdan kamida 3 kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi.
Fuqarolar vakillariga nomzodlar aholi umumiy yig‘ilishi tomonidan ko‘rsatiladi hamda tegishli hududlar aholisi tomonidan ochiq ovoz berish orqali saylanadi.
Fuqarolar vakillariga nomzodlar:
• 18 yoshga to‘lgan bo‘lishi;
• tegishli hududda doimiy yashashi;
• obro‘-e'tiborga, hayotiy tajribaga ega bo‘lishi darkor.
Aholi umumiy yig‘ilishida ishtirok etgan fuqarolarning oddiy ko‘pchilik ovozini olgan nomzod fuqarolar vakili sifatida saylangan hisoblanadi.
Fuqarolar vakillari vakolat bergan qo‘shnilar nomidan ovoz berishga haqli. Inchunun, fuqarolar yig‘inini chaqirishning imkoni bo‘lmagan taqdirda fuqarolar yig‘ini kengashi fuqarolar vakillarining yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi unda ushbu vakillarning kamida 2/3 qismi hozir bo‘lgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Yig‘ilishni olib borish uchun rayosat saylanadi. Fuqarolar vakillarining yig‘ilishi tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ta'kidlash joizki, fuqarolar vakillarining yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar fuqarolar yig‘ini qarorlariga tenglashtiriladi.
Bundan tashqari, quyidagilar fuqarolar vakillarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
• kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;
• fuqarolar yig‘inini kompleks rivojlantirishni ta'minlashga, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirishga, ko‘kalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarining amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
• qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan o‘zi saylangan hudud doirasida tadbirkorlik faoliyati sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
• kommunal to‘lovlar undirilishini ta'minlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishda, o‘zi saylangan hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda ko‘maklashish;
• o‘zi saylangan hududda fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar tomonidan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda hamkorlik qilish.
Ushbu vazifalarni bajarishda fuqarolar vakillari mahalliy ahamiyatga molik masalalarini ko‘rib chiqish haqida, o‘zi saylangan hududdagi kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarurligi, o‘zi saylangan hudud doirasida obodonlashtirish, kam ta'minlangan va ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan yoshlarga, shuningdek, ularga nikoh to‘yi tadbirlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritishlari mumkin.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:12 / 10.03.2026