Jahon | 12:40 / 15.08.2017
8464
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhoniy: «Tehron yadro kelishuvidan chiqishi mumkin»

Foto: AFP

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilishicha, Tehron yadro kelishuvidan chiqishi mumkin. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Eron prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Tehron yadro kelishuvidan “sanoqli soatlarda” chiqishi mumkin. Bu, agarda Vashington Eronga nisbatan “tahdidlar va sanksiyalar” siyosatini davom ettirsa, ro‘y berishi istisno etilmadi.

Shuningdek, Ruhoniyning ta'kidlashicha, Eron bu sohadagi o‘z ko‘rsatkichlarini 2015 yilda imzolangan kelishuvdan avvalgi darajaga tezkorlik bilan tiklashi mumkin.

Avvalroq Fors ko‘rfazi osmonida AQSh va Eron samolyotlari xavfli masofada yaqinlashgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid