Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsman prezident devonida joylashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 4.08.2017 yildagi 587-son “O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ma'lumot uchun: Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti Prezidentning 5.03.2017 yildagi PF-5037-son farmoni bilan ta'sis etilgan.
Hozirgi vaqtda Oliy Majlis tomonidan “Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
Hujjat biznes-ombudsman apparatini moddiy-texnik ta'minlash masalalarini tartibga soladi. Uning moliyalashtirish manbalari, xizmat transporti, aloqa va Internet bilan ta'minlash tartibi belgilangan.
Shuningdek, vakil apparati NHH, kitob va bosma mahsulotlar majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritildi.
Biznes-ombudsman apparati Toshkent shahri, Islom Karimov, 43-uy manzili bo‘yicha joylashgan Prezident Devoni binolari kompleksining 2-korpusiga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:12 / 10.03.2026