Andijonda shubhali shaxs 1,5 kg marixuana bilan qo‘lga olindi
Andijon viloyatining Andijon tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, «Yorboshi» qishloq fuqarolar yig‘inining «Sultonobod» mahallasi hududida, yo‘lning chetida turgan fuqaro o‘zini shubhali tutganligi uchun ichki ishlar xodimlari tomonidan shaxsiga oid hujjatlari so‘ralganida, qo‘lidagi polietilen paketni tashlab qochmoqchi bo‘ladi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabar qilgan.
Xodimlarning tezkorligi natijasida, ushbu shaxs ushlandi. Izboskan tumanining Poytug shahrida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.J.ning qo‘lidagi polietilen paketda, jami og‘irligi 1 kg 574,07 gr. marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, giyohvand moddaning manbasini aniqlashga qaratilgan tezkor harakatlar o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 15.10.2024
BAA Toshkent - Andijon pulli yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin
08:10 / 12.10.2024
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
09:30 / 11.10.2024
Toshkent-Andijon pulli avtomobil yo‘li 6 yil muddatda quriladi
15:53 / 08.10.2024