Jahon | 11:57 / 17.08.2017
5046
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj: Rossiya AQSh Demokratik partiyasi tizimlari buzilishiga aloqador emas

Foto: AP

Turli maxfiy ma'lumotlarni fosh etishga va omma e'tiboriga havola etishga ixtisoslashgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovi kampaniyasida Demokratik partiyasi serverlari buzilishiga aloqasi yo‘qligini ta'kidladi. U Kongressning respublikachi a'zosi Dana Rorabaxer bilan uchrashuvda shunday bayonot berdi, deb yozmoqda Hill gazetasi.

"Biz 3 soat uchrashuvimizda qator masalalarni muhokama qildik, jumladan o‘tgan yilgi prezidentlik saylovlari chog‘ida Demokratik partiya elektron maktublarining WikiLeaks saytiga berilishini ham", — deya Rorabaxer so‘zlarini yeltiradi nashr. "Julian qat'iy ravishda ruslarning ushbu maktublarni buzish yoki fosh etilishiga umuman aloqasi yo‘qligini aytdi", — degan siyosatchi. 

Kongressmenning qo‘shimcha qilishicha, u prezident Donald Tramp bilan uchrashuvda batafsilroq ma'lumotni taqdim qilishni rejalashtirmoqda. 

"Julian, shuningdek, Demokratik partiya elektron maktublari bilan bog‘liq vaziyatning jamoatchilikka ma'lum bo‘lmagan qismlari bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi", — deb qo‘shimcha qildi Rorabaxer.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid